27 Oktyabr 2022 yil 736

Bo‘sh ish o‘rinlari tavsiya etildi                                                                                                                                                            

                                                                                                                                                                                                                       Yakkabog‘ tumanida IIB, prokuratura, bandlik, ko‘nikma markazlari, sog‘likni saqlash, Xalq ta’limi, mahalla va nuroniylarni ko‘llab-quvvatlash, oila va xotin-qizlar, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi, tuman bosh imom-xatibi  ishtirokida bo‘lim JXX Probatsiya guruhi nazoratidagi shaxslar bilan  uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda har bir mahkumga jazoni o‘tash tartibi va shartlari tushuntirilib, qonunchilikka rioya etishlari va qayta jinoyat sodir qilmasliklari haqida tushuntirishlar berilib, ular rasmiy  ogohlantirildi.

Shuningdek,  uchrashuv doirasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilinib, nazorat ostidagi shaxslarga tavsiyalar berildi.

Text to speech