5 Noyabr 2022 yil 253

Boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Ichjbk Ximmatov tomonidan tasdiqlangan reja-topshiriqqa asosan, boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videoselektor tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

  Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarida “Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” va “Sud-avtotexnika ekspertizalari, ularning turlari. Ekspertizani tayinlash va ekspertiza oldiga qo‘yiladigan savollar” mavzusi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza Markazining Qashqadaryo viloyati bo‘limi malakali mutaxassislari tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.

  O‘quv seminari yakunida  ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, o‘zaro fikr va tajriba almashdilar.

Text to speech