Bolalarning sog‘lom va barkamol avlod sifatida voyaga yetishida ota-onalar mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma farmoyish qabul qilindi
Keyingi paytda fuqarolardan kelib
tushayotgan murojaatlarning salmoqli qismi aliment undiruvi va moddiy ta’minlash
bilan bog‘liq ijro hujjatlariga oid bo‘lmoqda. Shu bois, bugun tuman
hokimligida tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirokida muhokama
yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Aytish kerakki, bugungi kunda mas’ul tashkilotlar o‘rtasida yetarlicha hamkorlik o‘rnatilmaganligi, ayrim kamchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, tuman bo‘yicha aliment to‘lovchi 1506 nafar shaxslarning qariyb 938 nafari ya’ni 62 foizidan ortig‘i ishsiz shaxslarni tashkil qilmoqda.
Oila barqarorligida iqtisodiy masalalar katta ahamiyat kasb etadi, - dedi tuman hokimi. - E’tibor bering, agar oila iqtisodiy tomonlama to‘kin bo‘lsa, ajrashish holatlari juda kam uchraydi. Bugungi qo‘shma farmoyish bilan bandlik va boshqa tegishli tashkilotlar zimmasiga asosan mehnatga layoqatli aliment to‘lovchilarni foydali mehnat bilan band bo‘lishlarini ta’minlash, notinch, ajrashish uchun murojaat qilgan oilalarning ma’naviy holati bilan bir qatorda iqtisodiy holatini ham o‘rganish va boshqa muhim masalalar yuklanayapti.
Tadbir so‘nggida aliment undiruvi, mehnatga layoqatli aliment to‘lovchilarni bandligini ta’minlash, bunda mehnat yarmarkalari tashkil etish, qidiruv e’lon qilingan qarzdorlarni topish, notinch, ajrashish uchun murojaat qilgan yoki ajrashgan oilalar, aliment to‘lovchilar hamda ularning sobiq turmush o‘rtoqlari o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, ularni yaratishtirish choralarini ko‘rish hamda targ‘ibot tadbirlariga katta e’tibor qaratish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan qo‘shma farmoyish qabul qilindi.