29 May 2021 yil 517

Boʼlajak rahbar xodimlar jamlovchi organlarda malakaviy amaliyot oʼtashmoqda


Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьtetining tashkil etilganiga koʼp vaqt boʼlgani yoʼq. Bu yerda taʼlim olgan tinglovchilar hozirda ichki ishlar organlari tizimining turli tarmoqlarida samarali rahbarlik qilib kelishmoqda.
Joriy yilning 28 - may kuni Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Oʼzbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi masʼul xodimlari ishtirokida davra suhbati boʼlib oʼtdi. IIV Аkademiyasi Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulьtetini 2020 yil bitiruvchilari, hozirgi kunda oʼqishni davom ettirayotganlar hamda shu yil ushbu IIV Аkademiyasining magistraturani oʼz ichiga oluvchi ikki bosqichli oliy taʼlim tizimiga oʼqish istagini bildirgan nomzodlar bilan oʼtkazilgan yigʼilishda mazkur muassasada taʼlim olish tartibi va taʼlimning yangi tizimga oʼtishi hamda malakali professor-oʼqituvchilardan saboq olishning ahamiyatli jihatlari haqida soʼz bordi.
Mazkur yoʼnalishda tahsil olishni istayotgan yoshlar sonini ortib borayotgani sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir. Zero, bilimli, zakovatli xodimlar bilan sohada yuksak marralarga erishish mumkin.
Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech