29 Noyabr 2021 yil 2911

"Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

 

▪️ Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 1999 yilning 17 dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan 25 noyabr - Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni, deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan joriy yilning 25 noyabr kuni Qarshi davlat universitetida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi, viloyat IIB bilan hamkorlikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirni universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori E.Ibragimov kirish so‘zi bilan boshladi.

▪️ Yig‘ilishda so‘z olganlar tomonidan mamlakatimiz xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada oshirish, huquq va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish borasida bir qator meyoriy hujjatlar qabul qilinganligi e’tirof etilib, mazkur normativ-huquqiy hujjatlarni kundalik hayotimizga to‘liq va to‘g‘ri tatbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

▪️ Targ‘ibot tadbirida viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi direktori K.Ismailova, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, xotin-qizlar bo‘yicha inspektor H.To‘rayeva, Qarshi shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi O.Tosheva ma’ruza qildilar. Tadbir yakunida yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Text to speech