4 Oktyabr 2021 yil 531

Birovning mol-mulkini talon-taroj qilgan shaxs oʼz vaqtida qoʼlga olindi

 

Koson  tumani Аrabxona MFYda yashovchi Ch.N 2021 yil 29 avgust kuni ariza bilan murojaat qilib, arizasida 27.08.2021 yil soat 07:00 larda Koson tumani Dustlik MFYda joylashgan molxonasidan, 2 dona, 6 metrlik jami 12 metr temir quvurdan yasalgan bozor baxosi 4.500.000 soʼmlik mol oxirlarini, nomaʼlum shaxs oʼgʼirlab ketganligini bildirgan. Koson tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida, ushbu oʼgʼirlik jinoyatini Koson tumani Lolazor MFYda yashovchi X.R sodir etganligi aniqlangan. Koson tumani IIB huzuridagi TB tomonidan  X.R.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi JKning  169-moddasi 2-qtsmi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech