7 Fevral 2025 yil 576

Ajdodlar ruhi mangu barhayot

IIV Qashqadaryo akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Ajdodlar ruhi mangu barhayot” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyati bo‘limi rahbari Karamova Komila Zaydullayevna, Qashqadaryo viloyat IIB faxriylar kengashi raisi iste’fodagi polkovnik S.Islomov, boshqarma boshlig‘ining maslahatchisi Z.Obilov, Mudofaa ishlar boshqarmasi faxriylar kengashi a’zolari qatnashishdi. Tadbirning badiiy qismida Alisher Navoiy va Guli siymosi litsy o‘quvchilari tomonidan gavdalantirildi. Shuningdek, litsey o‘quvchilari tomonidan A.Navoiy qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar, Navoiy g‘azali bilan aytiladigan qo‘shiqlar ijro etildi.

O‘tkazilgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.      

Text to speech