АZАLIY ORZUIM АMАLGА OSHDI
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning tub mohiyati inson huquqlari va manfaatlarini ustuvor darajaga koʼtarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Jumladan, yurtimizda bu borada muhtaram Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan gʼoyalar bunga asos boʼlib xizmat qilmoqda. Buning amaliy ifodasi sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvar kuni parlamentga yoʼllagan Murojaatnomasida inson huquqlarini taʼminlash, fuqarolik toʼgʼrisidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish borasida muhim qadam qoʼyish va mamlakatimizda uzoq vaqtdan beri yashab kelgan, biroq Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi maqomini olmagan yurtdoshlarimiz muamosini qonunga muvofiq hal etish yuzasidan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar koʼrish zarurligini qayd etgan edi.
Natijada Oʼzbekiston Respulikasining yangi tahrirdagi “Fuqarolik toʼgʼrisida”gi Qonuni ishlab chiqilib, 2020 yil 18 fevralь kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi. Mazkur qonun 2020 yil 28 fevralь kuni Senat tomonidan maʼqullanib, shu yil 13 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi.
Yuqoridagi qonun talabiga koʼra 1974 yilda Tojikiston Respublikasida tugʼilgan Qaxarova Mavjuda Qaxarovna 1993 yilda doimiy yashash maqsadida Tojikiston Respublikasidan Oʼzbekiston Respublikasiga koʼchib kelgan. Shu yili u Qarshi shahar, Chaqar MFY, Tokzor koʼchasi, 10-uyga doimiy roʼyxatdan oʼtgan. 1999 yil 11 oktyabrda Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan unga fuqaroligi boʼlmagan shaxs sifatida Oʼzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi rasmiylashtirilgandiva hozirgi kunga qadar Oʼzbekiston Respublikasida uzluksiz doimiy roʼyxatdan oʼtib yashab kelgan.
Fuqaroligi boʼlmagan shaxs Qaxarova Mavjuda Qaxarovnani 2020 yil 28 may kuni Qarshi shaxar IIO FMB M va FRBga Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish maqsadida murojaat etadi. Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 13 martdagi “Oʼzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʼgʼrisida” yangi tahrirdagi Qonunining 6-modda 1-qismiga asosan, murojaati koʼrib chiqilib, IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining xulosasi asosida unga Qarshi shahar IIO FMB M va FRB tomonidan 2020 yil 12 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasining biometrik fuqarolik pasporti rasmiylashtirilib berildi.
-Аzaliy orzuim amalga oshdi,- deydi koʼzida sevinch yoshlari bilan Mavjuda Qaxarova. - Buning uchun tashabbuskor, har bir fuqaroning dardi bilan yashayotgan Yurtboshimizdan butun umr minnatdorman.
Bunday imkoniyatdan Tovoshorova Maxsuda Raxmatulloevna, Аxtamova Raʼno Xabibovna, Karimova Saodat Ergashevnalar ham bahramand boʼlib, oʼz navbatida muhtaram Prezidentimizga minnatdorchilik bildirib, davlatimiz taraqqiyoti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, sadoqat bilan xizmat qilishga vaʼda berdilar.
Qarshi shahar IIO FMB M va FRB.