Аvtomashina soz holda topildi
Dehqonobod tumani “Buston” MFYda yashovchi X.K. 102 xizmatiga murojaat qilib, 2021 yil 17 oktyabrdan 18 oktyabr kuniga oʼtar kechasi tumanning “Oʼzbekiston” MFYda yashovchi J.D. yashash uyiga mehmonga kelib, yotib qolib, tunda hamma uxlab yotganidan foydalanib, “Neksiya” rusumli 70 A 124 QA davlat raqam belgili avtomashinasini va bir dona bahosi 500 ming soʼmlik telefon apparatini yashirin ravishda olib qochib ketganligini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida “Neksiya” rusumli 70 A 124 QA davlat raqam belgili avtomashina shu kuni soat 11:30 larda tumanning Аyridevol MFYdan texnik soz holda topilgan.
Holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.