13 May 2022 yil
720
Avtomashina oldi-sotdi jarayonida firibgarlarga aldanib qolmang!
Bundan qariyb ikki yil oldin Kasbi tumani “Qamashi” mahallasida yashovchi tadbirkor Q.U.dan Mirishkor tumani Jeynov qishlogʼida yashovchi S.O. “Neksiya” rusumli avtomashinasini 38.000.000 soʼmga narxlab, pulini tezda berishni vaʼda qilib olib ketadi. S.O. avtomashinani egasiga bildirmasdan 2020 yil avgust oyida Mirishkor tumani “Аvvona” MFYda yashovchi K.X.ga 26.000.000 soʼmga sotib yuboradi. Bu kamlik qilgandek, S.O. 2021 yil iyun oylarida Q.U.dan 20 tonna sement mahsulotini 20 million soʼmga sotib olib, shundan 7 million soʼmini berib, qolgan 13 mln. soʼmini bermasdan kelgan.
Oxiri toqati toq boʼlgan tadbirkor tuman IIBga ariza berdi. Holat yuzasidan Kasbi tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.