10 Fevral 2024 yil
431
“Qatag‘on qurbonlari” muzeyida navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi
Qashqadaryo
viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari va tarkibiy bo‘limlari
shaxsiy tarkibining navbatdagi “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” Qarshi shahridagi
“Qatag‘on qurbonlari” tarixiy muzeyida bo‘lib o‘tdi. Muzeyda ichki ishlar
organlari xodimlari xalqimiz mustaqilligiga erishish yo‘lida mardonavor
kurashgan buyuk bobokolonlarimiz va ajdodlarimiz hayoti va faoliyati, Turkiston
o‘lkasida mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash olib borgan Vatan
o‘g‘lonlari va qatag‘on qurbonlari taqdiri aks etgan noyob tarixiy fotosuratlar, xaritalar,
ashyolar va boshqa manbalardagi ma’lumotlardan bahramand bo‘lishdi.
Xodimlar u
yerga qo‘yilgan eksponatlar bilan yaqindan tanishib, majmua haqidagi
bilimlarini boyitdilar.