23 Sentyabr 2022 yil 250

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Olimjon Аbdullaev 3-sektorda yashovchi fuqarolar bilan sayyor qabul oʼtkazdi

Yurtimizda fuqarolarning kundalik muammolarini “mahallabay” va “fuqarobay” tizim asosida birma-bir oʼrganish, bu borada aniqlangan yumushlarni manzilli ravishda bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbari tomonidan bu borada bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Аna shunday ishlarning uzviy davomi sifatida viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Olimjon Аbdullaev tomonidan Qarshi shahar IIO FMBda oʼtkazgan sayyor qabulida koʼplab muammolar muhokama qilinib, yechimini topish choralari koʼrildi.
Sayyor qabulda 3-sektorga qarashli mahallalarda yashovchi bir guruh fuqarolarning subsidiya va bank krediti asosida oʼzini oʼzi band qilish, tadbirkorlik, harbiy majburiyat va oʼqish kontrakti toʼlovi, bir martalik moddiy yordamga oid 43 ta murojaatlari koʼrib chiqildi.
Sayyor qabulda fuqarolardan tushgan murojaatlarning 12 tasi, yaʼni olti nafar talabalar oʼqishi uchun toʼlov kontrakti, “Аyollar daftari”da roʼyxatda turuvchi toʼrt nafar xotin-qizlarning farzandlariga maktab formalari va ikki nafar nogironga hassa berildi.
Qolgan 31 ta murojaatlar esa oʼrganish uchun vaqt talab etgani bois aniqlangan ijtimoiy masalalarni bartaraf etish yuzasidan aniq va manzilli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda har bir murojaat ish yurituviga qabul qilinib, 3-sektor ishchi guruhiga biriktirilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech