30 Noyabr 2021 yil 438

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning sohaviy xizmatlari xodimlariga Qarshi tumani Xonobod qishlogʼi hududida joylashgan 16 gektarga yaqin ajratilgan yerga ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan pavloniya koʼchatlari olib kelingandi.
Tadbirda viloyat hokimi Murodjon Аzimov, viloyat IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev va viloyat prokurori Erkaboy Tajiev manzarali koʼchatlarni ekish ishlarida ishtirok qatnashdi.
Ushbu yer maydoniga 13 750 dona mevali va manzarali daraxtlar ekish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda vodiy viloyatlaridan olib kelingan 1000 dona pavlovniya koʼchatlari ekish ishlari boshlandi.

Text to speech