16 Noyabr 2021 yil 495

Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida qidiruvdagi shaxs Toshkent shahar hududidan ushlandi

Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Qarshi shahar IIO FMB tomonidan qidiruvda boʼlgan, Koson tumani “Obidiyda” MFYda yashovchi D.T qonundan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo uning “qochish rejasi” uzoqqa bormadi.
Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida D.T Toshkent shahar hududidan ushlandi.
Yendi u bir yemas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.

Text to speech