Qarshi shahrining ayrim ko'chalarida transportlar kirib-chiqishi vaqtincha cheklanadi
Qarshi shahrining ayrim ko'chalarida transportlar kirib-chiqishi vaqtincha cheklanadi
Navroʼz bayrami munosabati bilan 2022 yil 20 mart kuni soat 08:00 dan 21 mart kuni soat 22:00 ga qadar Mustaqillik shoh ko'chasining “Mustakillik - I.Karimov" ko'chalari kesishgan chorrahasidan "Mustaqillik - Nasaf” (Globus) ko'chalari kesishgan chorrahasigacha;
- Bunyodkor ko'chasining "I.Karimov - Bunyodkor” ko'chalari kesishgan chorrahasidan "Bunyodkor - Nasaf ko'chalari kesishgan chorrahasigacha;
- I.Karimov ko'chasining Jayxun ko'chasi bilan chorahasidan "Dacha” chorrahasi qismigacha bo'lgan avtoqatnov yo'llarida vaqtincha avtomobil harakati cheklanadi.
Bunda ushbu hududda yashovchi aholi transportlari bilan mahallaga kirib chiqishlari uchun sharoit yaratiladi.Xavfsizlikni taʼminlash va umumxalq bayramini koʼtarinki kayfiyatda oʼtkazish uchun yoʼl harakati qatnashchilaridan cheklovlarni toʼgʼri qabul qilgan holda, YPX xodimlarining koʼrsatmalariga qatʼiy amal qilishlarini soʼraymiz.