26 Yanvar 2023 yil 242

Qaror mazmun-mohiyati shaxsiy tarkibga yetkazildi

   Muborak tuman IIBda Muhtaram Prezidentimizning 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyatini o‘rganishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

   Tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etgan yig‘ilishda bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik F.Toyloqov ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yaqin hamkorlikka yo‘naltirish, fuqarolarning ishonchli himoyachisi bo‘lishi, sohaga har tomonlama pofessional xodimlarni jamlash va ishga qabul qilish bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanganini, har bir xodimi Kodeksda belgilangan qoida va talablarni bilishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi majburiy hisoblanishi, xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholashning asosiy mezoni ekanligi mabodo, Kodeksdagi qoida va talablarga amal qilmaslik yoki ularni qo‘pol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lishi ishtirokchilarga tushuntirildi.

     Shuningdek, yig‘ilishda IIOlari xodimlari bilan bog‘liq salbiy holatlar IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazildi.

      Soha xizmat rahbarlariga qo‘l ostida xizmat olib borayotgan xodimlarni kunlik ish faoliyatini nazorat qilish, xizmat va shaxsiy avtomashinasi bor xodimlarga yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda avtotransport vositalarini boshqarishlari shuningdek, xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qattiy amal qilishlari, jismoniy va yurudik shaxslar va ularning vakillaridan tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida va qonuniy hal etish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tadbirda mavzu doirasida qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Text to speech