18 Yanvar 2024 yil 935

Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar, Chiroqchi, va Shahrisabz tuman sudi raislari tomonidan probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan  huquqiy targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda nazoratdagi shaxslarning huquq va majburiyatlari, imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. So‘ngra, Shahrisabz tuman IIB JXX Probatsiya nazoratidagi shaxslar uchun tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha "Mehnat yarmarkasi" tashkil etildi. Tadbirda 2 nafar nazoratdagi shaxsga ishga yo‘llanma berildi.

Text to speech