Qarshi tumani IIB da “Probatsiya oyligi” doirasida “Hamkor” hamda “Xavfsiz hudud va mulkiy jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Qarshi tumani IIB Probatsiya guruhida ro‘yxatda turuvchi mahkumlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Ichki ishlar organlarida o‘tkazilayotgan “Probatsiya oyligi” doirasida “Hamkor” hamda “Xavfsiz hudud va mulkiy jinoyatlar profilaktikasi oyligi” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida Qarshi tumani IIB Probatsiya guruhida ro‘yxatda turuvchi mahkumlar bilan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Qarshi tuman 3 - sektor rahbari, IIB boshlig‘i, podpolkovnik Nurbek Safarov Probatsiya nazoratidagi shaxslarga davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlardan unumli foydalanish lozimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga nazoratdagi shaxslar qayta jinoyat qilishini oldini olish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ko‘maklashish, “Yoshlar daftari”ga kiritish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Yakunda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilib, 3 nafar shaxslar ishga kirish uchun yo‘llanma oldi.