Qarshi, Nishon, G‘uzor hamda Dehqonobod tuman IIBlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Qarshi, Nishon, G‘uzor hamda
Dehqonobod tuman IIBlari shaxsiy tarkibi
o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash yuzasidan yig‘ilish
bo‘lib o‘tdi
Unda IIV SHXBB Qashqadaryo
viloyati bo‘yicha boshqarmasi ma’sul xodimi hamda viloyat IIB MMI va KBTX
boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etdi. Yig‘ilishda so‘z olganlar ichki
ishlar organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, sohaga oid
IIVning buyruq va farmoyishlari, tegishli ko‘rsatmalari hamda “Ichki
ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi Kodeksi”
qoidalariga rioya etishlari lozimligini qayd etishdi. Korrupsiya va
tamagirlik holatlarini oldini olish, fuqarolar bian xushmuomalada bo‘lish
salbiy xatti-harakatlar sodir etmaslik, aks holda ichki ishlar organlaridan
bo‘shatish bilan cheklanib qolmasdan jinoiy javobgarlikka tortishgacha bo‘lgan
choralar qo‘llanishi to‘g‘risida ogohlantirildi.
Bu boradagi ishlar davom
ettirilmoqda.