30 Dekabr 2023 yil
1349
Har bir shaxs e’tiborda
Yangi yil bayrami
arafasida sektor rahbarlari huzurida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2023 yil 4 dekabrdagi “Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga
chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni
afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan, afv etilgan shaxslarning xonadonlariga
borib, ularning turmush tarzi, hayoti va kelgusi rejalari xususida suhbat o‘tkazildi.
Suhbatlarda ozodlikka
chiqqan shaxslarning sog‘ligi, shaxsiy va oilaviy muammolari o‘rganilib, hududiy
tibbiyot bo‘limlari bilan hamkorlikda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularni ijtimoiy moslashtirish maqsadida ish bilan
ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Bu boradagi
ishlar davom ettirilmoqda.