24 Sentyabr 2022 yil
575
Anor orasidagi giyohvand modda
Kitob tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2022” keng qamrovli profilaktik tezkor tadbirida yana bir og‘u shaydosining kirdikorlari fosh etildi. Tumandagi “Anorzor” MFYda yashovchi O. T.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganida, hovlisida anor ko‘chatlari orasidan bir nechta sellofanga joylangan kannabisni saqlab kelayotgani aniqlandi. bundan tashqari O.T.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda 1 dona selofan paketda marixuana ham topildi.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.