10 Oktyabr 2022 yil 249

Anor orasidagi 10 tup kannabis

 

Kitob tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor profilaktik tadbir davomida tumanning “Obod” MFYda yashovchi E.R.ga tegishli bo‘lgan 15 sotix tomorqasi ko‘zdan kechirilganda anor daraxtlari tagida 10 tup ekilgan va 5 tup quritilgan poyalari borligi aniqlandi.

Kannabis o‘simliklari tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.

Hozirda Kitob tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech