18 Oktyabr 2024 yil
649
Hamkorlikda onlayn seminar tashkil etildi
Qashqadaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati
va viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida tuman
va shahar hokimlari matbuot kotiblari hamda viloyat tashkilotlari axborot
xizmatlari rahbarlari ishtirokida "ZOOM" orqali onlayn seminar
o‘tkazildi.
Unda yaqinlashib kelayotgan siyosiy jarayonlarga
bag‘ishlangan targ‘ibot materiallar va videoroliklarni tayyorlash, turli
chellenj chorlovlarni tashkil etish va media-rejada yil oxiriga qadar
belgilangan tadbirlarni (matbuot anjumani, brifing, ochiq muloqot va
press-turlar) yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.