9 Aprel 2024 yil 308

Amir Temur ma’naviyat va ma’rifat homiysi


Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida buyuk davlat arbobi, sohibqiron Amir Temur  tavalludining 688 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Shahrisabz shahar, Kitob, Chiroqchi Yakkabog‘ va Shahrisabz tuman ichki ishlar bo‘limlarida  xizmat qilayotgan xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar Amir Temur hayoti va faoliyati, sohibqironning davlat boshqaruvi va el farovonligi yo‘lida olib borgan tadbirlari xususida so‘z yuritishdi.

Ko‘lami keng tadbirda shahar Madaniyat saroyi aktyorlarining sohibqiron siymosidagi chiqishlari namoyish etilib, xonandalar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.

 

Text to speech