30 May 2024 yil
654
Qamashi tumani IIBda sektor rahbarlari ishtirokida tungi xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazildi
Qamashi tumanida tungi vaqtlarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarni oldini olish, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tuman IIB sohaviy xizmatlari va Milliy gvardiya xodimlariga “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbiri oldidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Yo‘riqnomada xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka qat’iy amal qilgan holda xizmat olib borishlari ta’kidlanib, fuqarolarning tinchligi, tuman osoyishtaligi, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida topshiriqlar berildi.