7 Fevral 2024 yil 461

Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy tadbir

Kuni kecha IIV Qashqadaryo akademik litseyida buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 583 yilligiga bag‘ishlangan “Barhayot siymolar” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.  

Dunyoda Alisher Navoiy asarlari kabi keng tarqalgan, jahonning deyarli har bir chekkasida kitoblarining nusxalari saqlanayotgan o‘rganilayotgan turkiy xalqlar adabiyoti va madaniyatining yetakchi allomalaridan hisoblanadi.

Ushbu tadbirga Qarshi ixtisoslashgan san’at maktabining bir guruh o‘qituvchilari tashrif buyurib, Alisher Navoiyning g‘azallari bilan aytiladigan kuy qo‘shiqlarini ijro etishdi. Tadbirda Alisher Navoiy siymosi aks etgan badiiy asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Shunday ekan ulug‘ mutafakkirlarimiz ijodini o‘rganish va uni kelajak avlodga munosib tarzda yetkazish barchamizning ulug‘ burchimizdir.

O‘tkazilgan tadbir litsey o‘quvchilarida katta taassurot qoldirildi.

Text to speech