23 Dekabr 2020 yil 923

АKKАUNTDА PUL IShLАShNI OʼRGАTАMАN

Kasbi tumani Jarkoʼcha MFYda yashovchi K.S. DXX Qashqadaryo viloyat boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Koson tumani Poʼlati MFYda yashovchi J.Yo. “kriptovalyutalar orqali pul ishlashni oʼrgataman” deb uning nomiga “TVS” akkauntini ochtiradi. Oʼtgan vaqt davomida J.Yo. K.S.ning hisob raqamiga pullar tashlab berib, akkaunt orqali koʼpayib borgan pullarni naqtlashtirib berish uchun ushbu aktivlashtirish lozim deydi va doimiy koʼpayib borayotgan pullarni naqdlashtirishga koʼmaklashishini bildirib, undan 2018 yilning sentyabr oyining oxiridan 2020 yilning may oyiga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida elektron toʼlov usullari orqali 8.400 АQSh dollari va 45.630.000 soʼm jami boʼlib juda koʼp miqdordagi 132.990.000 soʼm pullarni aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritib, oʼz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech