21 Mart 2025 yil 1362

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Ichki ishlar vazirligi Qashqadaryo akademik litseyida “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda ta’lim sifatini oshirish, yoshlarga sifatli ta’lim berish, zamonaviy ta’lim berish amaliyotini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida matonat bilan xizmat burchini bajarayotgan ustozlarning mehnati e’tirof etildi. Ushbu tadbirda milliy sport turlaridan arqon tortish, tosh ko‘tarish turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Har bir guruh milliy taomlar bo‘yicha stol bezashdi. Hamda o‘quvchilarimiz tomonidan milliy kiyimlar kiyishi ta’minlandi.

Tadbir so‘ngida litsey o‘quvchilari tomonidan milliy cholg‘u-asbolarida milliy qo‘shiqlar kuylandi. Ushbu tadbir o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

  

Text to speech