Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!
Navro‘z - bahor
va tabiatning uyg‘onishi, sharqona yangi yilning boshlanishi. Shu bois,
Navro‘zi olamni ko‘tarinki ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan
el-yurtimiz uchun go‘zal an’anaga aylangan.
Mamlakatimizda
shuning uchun Navro‘z umumxalq bayrami bu yil «Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin,
Navro‘z!» degan g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va
yuksak saviyada nishonlanmoqda.
Navro‘zi
olamning ruhi va falsafasida mujassam bo‘lgan yaxshilik va bag‘rikenglik,
ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash kabi
olijanob g‘oyalar Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy
o‘zgarishlarning maqsad va mazmuniga to‘la hamohangdir.
Mana shunday
yangilanish va yasharish ayyomi bilan barcha yurtdoshlarimizni viloyat IIB
jamoasi nomidan samimiy muborak etaman.
Prezidentimiz
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘z tabriklarida “Mana shu bahoriy lahzalarda
barchamiz ulug‘ ajdodlarimizning tilaklariga qo‘shilib, ilohim, har kunimiz
Navro‘zdek go‘zal, Navro‘zdek fayzli va mazmunli bo‘lsin, deb niyat qilamiz” -
deya bejizga ta’kidlamadilar.
Hurmatli
hamkasblar, mana shunday fayzli ayyomda kunlarni tunlarga ulab, osoyishta
turmushga zamin hozirlayotgan, barcha shahar-tumanlarda, qishloq va ovullarda
Navro‘z saylini tinch-osuda o‘tkazishga o‘z hissasini qo‘shayotgan barcha ichki
ishlar organlari xodimlariga mashaqqatli va sharafli xizmatlarida ulkan
muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!
Navro‘z -
barchangizga sihat-salomatlik, baxt saodat, oilaviy totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka,
elimizga tinchlik va osoyishtalik olib kelishiga tilakdoshman.
Osmonimiz
musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon, har kunimiz Navro‘z bo‘lsin!