14 Sentyabr 2024 yil 446

Qashqadaryo viloyatida "Quroldan xavfsiz foydalanish qoidalari" bo‘yicha ovchilik jamiyati va uning a’zolari bilan qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

O‘quv kursida viloyat IIB JXX JTSB mas’ul xodimi ishtirok etib, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 20 noyabr kunidagi 609-sonli qaroriga asosan, ovchilik jamiyatiga yangi a’zo bo‘lgan ovchilar o‘qitilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlarida qurol saqlash, undan foydalanish va xavfsizlik qoidalari, texnik va taktik xususiyatlari bo‘yicha ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berildi.

Text to speech