Qashqadaryo viloyatida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish tanqidiy-tahlil etildi
Qashqadaryo viloyati IIBda o‘tgan yilda boshqarma TQX tomonidan jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganni fosh etish, fuqarolar va jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinboasri, polkovnik Baxtiyor Rajapov ochib, o‘tgan yilda viloyatda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlarining tezkor xizmat xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy tahlil etdi.
Yakunda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlar oldiga aniq vazifalar qo‘yilib, tegishli qaror qabul qilindi.