Qashqadaryo viloyatida YHXX rahbariyatining sayyor qabuli tashkil etildi
Fuqarolarning murojaatlarini tinglash asnosida joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni bartaraf etish bugun har bir rahbar oldiga o‘yilgan asosiy vazifalardan biri. Shu bois, yurtimizning barcha hududlarida belgilangan rejaga muvofiq Davlat yo‘l harakati xavfsizligi rahbariyatining ham sayyor qabullari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu galgi qabul Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tashkil etildi.
Qabul davomida ta’lim
muassasalari yoni va serqatnov yo‘llarga piyodalar o‘tish joyi, yo‘l belgilari,
svetofor, qavariq piyodalar o‘tish joylarini tashkil etib berish, qoidabuzarlik
uchun belgilangan jarima qarorlarini qayta ko‘rib chiqish, tirbandliklarni
bartaraf etish uchun "aqlli chorraha"lar bunyod etish, trotuarlar
qurish singari mavzulardagi jami 19 ta murojaatlardan 5 tasi joyida ijobiy hal
etildi, 3 ta murojaat yuzasidan tegishli huquqiy tushuncha berildi, qolgan 11
ta murojaatlar bo‘yicha kompleks o‘rganish talab etilishi tufayli ijrosini
nazoratga olish va yechimini ta’minlash bo‘yicha maxsus vazifalar yuklatildi.
Mas’ul rahbarlarga murojaatlar yuzasidan tezkor va samarali choralar ko‘rish, har bir fuqaroning muammosiga qonunchilik va adolat asosida yondashish bo‘yicha qat’iy topshiriqlar berildi.