Qashqadaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining Chiroqchi tumanida fuqarolar bilan sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi
Unda viloyat 3-sektor rahbari, ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Avduvoxid Ismoilov fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi. Bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot orqali o‘n nafar fuqarolarning muammolari qabul qilinib, hal etish choralari ko‘rildi. Murojaatlar asosan, ichki ishlar organlarining tergov va profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan tergov surishtiruv harakatlariga oid, ishga kirish hamda subsidiya asosida o‘zini o‘zi band qilish va fuqarolik ID-kartalari olish kabi masalalardan iborat bo‘ldi. Qabul qilingan murojaatlarning beshtasi joyida ijobiy hal etildi. YA’ni, uch nafar xotin-qizlarga o‘zini o‘zi band qilishi uchun subsidiya asosida tikuv mashinkasi, ikki nafar fuqarolarga ID-kartalari topshirildi. O‘rganish uchun vaqt talab qiladigan 5 ta murojaatlar mas’ullarga biriktirilib, qonuniy hal etish topshirig‘i berildi.
Inson qadri ustuvor darajaga ko‘tarilgan
yurtimizda fuqarolarning muammolariga yechim topish, ularni qiynayotgan
kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan
rozi qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.