27 Fevral 2024 yil 365

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Koson tuman hokimligida sektor rahbarlari ishtirokida qishloq xo‘jalik ishlarining olib borilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Abduvohid Ismoilov Koson tuman hokimligida sektor rahbarlari ishtirokida qishloq xo‘jalik ishlarining olib borilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda tumanda bahorgi ishlarga tayyorgarlik, ariqlarni tozalash va betonlashtirish, ko‘chat ekish, yoshlarga yer ajratish, obodonlashtirish ishlari tahlil etildi. Bu borada mas’ullarga tanishdi ko‘rsatmalar berdi. 

So‘ngra, tuman mashina-traktor parki va Po‘lati MMT parkida qishloq xo‘jalik texnikalarining mavsumga shayligi, texnik sozligi bilan tanishdi. O‘rganishlar doirasida har ikkala yo‘nalishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech