16 Aprel 2024 yil 263

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov G‘uzor va Dehqonobod tuman IIBlarida hisobot yig‘ilishi o‘tkazdi

Joylarda joriy yilning uch oyida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat, ijrochilik intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda ma’naviy-ma’rifiy, kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday yig‘ilish viloyatning G‘uzor va Dehqonobod tuman IIBlarida bo‘lib o‘tdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, podpolkovnik

Zavqiddin Xo‘janov so‘zga chiqib, har ikkala tuman hududida tezkor vaziyatni yaxshilash, siyosiy-ijtimoiy vaziyatni barqarorlashtirish, jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklarni oldini olish, huquq-tartibotni mustahkamlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida keng qamrovli tezkor qidiruv va profilaktik tadbirlar natijasini tanqidiy-tahlil etdi.   

  Ko‘lami keng yig‘ilishda jinoyatlarni oldini olish bilan birga sohaviy xizmatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, faoliyat davomida ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishi, xizmat vaqtida va xizmat kiyimida spirtli iste’mol qilgan xodimlar ichki ishlar organlaridan bo‘shatishgacha intizomiy jazo chorasi qo‘llanishi, har bir xodim o‘z ustida mukammal ishlab, amaldagi buyruqlar va qonunlarni puxta o‘rganishi, tamagirlik, poraxo‘rlik kabi salbiy illatlarga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

Tahliliy yig‘ilishda xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan yondoshgan ayrim xodimlar qattiq ogohlantirilib, faoliyatda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritganlari boshqarma rahbariyatining “Tashakkurnoma”si bilan taqdirlandi.

Text to speech