13 Yanvar 2024 yil 936

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi qabuli

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida turli masalalar bo‘yicha kelgan fuqarolarni qabul qildi. Qabulda ichki ishlar organlarining tergov va profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari bilan bog‘liq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar bilan yuzma-yuz o‘tkazgan muloqotida soha rahbarlariga murojaatlarning yechimini topish va qisqa fursatda hal etish topshirig‘i berildi. Qabulda muammosi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar ham berildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech