11 Avgust 2024 yil 630

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi qabuli

Boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Abduvohid Ismoilov turli masalalar bo‘yicha kelgan fuqarolarni qabul qildi. Qabulda ichki ishlar organlarining tergov va profilaktika xizmati tomonidan olib borilayotgan surishtiruv ishlari, ishga qabul qilish bilan bog‘liq fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
Boshqarma boshlig‘ining fuqarolar bilan yuzma-yuz o‘tkazgan muloqotida soha rahbarlariga murojaatlarning yechimini topish va qisqa fursatda hal etish topshirig‘i berildi. Qabulda ayrim Fuqarolariga muammosi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar ham berildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech