15 Dekabr 2023 yil 541

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi qabuli

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ularning maishiy va kundalik, ijtimoiy  muammolarini o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari, polkovnik Shuhratjon Satvoldiev turli masalalarda kelgan murojaatchilarni qabul qildi.

Boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida bo‘lib o‘tgan qabulda murojaatlar asosini ichki ishlar organlariga ishga tiklash va kirish, surishtiruv harakatlari bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi. 

Qabulda ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan muammolar ijrosi nazoratga olindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech