Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov Chiroqchi tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik, energiya resurslari zahiralari hamda kriminogen vaziyatni o‘rgandi
Viloyat 3-sektoriga qarashli tumanda bo‘lgan boshqarma boshlig‘i “Dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida dastlab tumanda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, bunga imkon yaratuvchi shart-sharoitlar shuningdek, qish mavsumini betalofat o‘tkazish, aholini yoqilg‘i-energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlanish jarayonlarini o‘rganish maqsadida soha mas’ullari hamda hamkor tashkilotlarning mutasaddilari ishtirokida Hududgaz Chiroqchi tuman filialida bo‘ldi. Unda aholiga tabiiy va suyultirilgan gazni uzluksiz yetkazib berish borasida belgilangan choralar ijrosi hamda zahiralar bilan tanishildi.
O‘rganishlar davomida gaz zahirasini
ko‘paytirish, olis hududlarga suyultirilgan gazni yetkazish uchun qo‘shimcha
texnikalarni jalb etish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
So‘ngra, tuman markaziy dehqon bozorida bo‘lib,
narx-navolarni o‘rgandi. Bozorda fuqarolar bilan oziq-ovqatlar mahsulotlari
narxlari, bayramga tayyorgarlik borasida suhbatlashdi. Bozor ma’muriyatiga
narx-navoni sun’iy oshirilishini oldini olish, tashkil etilgan
arzonlashtirilgan oziq-ovqatlar yarmarkasini uzluksiz tashkil etish
topshirig‘ini berdi.
So‘ngra Chiroqchi tumani elektr tarmoqlari
korxonasida bo‘lib, xodimlarining favqulodda elektr ta’minotidagi uzilishlar
yuz berganda navbatchi guruhning shayligini ko‘zdan kechirdi. Qishning sovuq va
murakkab sharoitlarida aholiga benuqson xizmat ko‘rsatish vazifalari va
xavfsizlik choralarini to‘liq ta’minlanishga jiddiy e’tibor qaratish, aholini
uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi tadbirlar bilan
tanishib, bunga qo‘shimcha kuch va texnikalar jalb etish tavsiyasini berdi.
Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Chiroqchi
tumani ichki ishlar bo‘limida bo‘lib, yangi qurilayotgan vaqtincha saqlash
xibsxonasini qurilish ishlari bilan tanishdi. Mutasaddilarga qurilish ishlarini
amalga oshirishda har tomonlama talabga javob beradigan shart-sharoitlarni
yaratish borasida tegishli taklif va tavsiya berib, xizmat faoliyati bilan
tanishildi.
Ishchi guruhning o‘rganishlari davom etmoqda.