Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan xodim va xizmatchilar uchun «Eng yaxshi psixolog» tanlovi eʼlon qilinadi
Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:
hududiy saralash bosqichi – sentyabr oyida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, uning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari hamda taʼlim muassasalari xodimlari o‘rtasida;
respublika – oktyabr noyabr oylarida hududiy saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan xodimlar o‘rtasida.
Tanlovda egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy maʼlumotga ega Ichki ishlar organlari xodimlari, shahodatlangan va shahodatlanmagan psixologlar ishtirok etishi mumkin;
Tanlov quyidagi shartlar asosida o‘tkaziladi:
a) ishtirokchilarning psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatlari;
targ‘ibot-tashviqot ishlari (OAVda eʼlon qilingan materiallar, gazeta va jurnallardagi maqolalar va boshqalar);
ishtirokchilarning trening, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlardagi ishtiroki.
b) psixologiya kasbini yoritishga qaratilgan «Eng yaxshi psixolog» tashrif qog‘ozi videoroligi;
v) psixologiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan g‘oya va uni amaliyotga joriy qilish istiqbollari;
g) ishtirokchilarning bilim darajasini aniqlashga qaratilgan sinovlar (savol-javoblar):
psixologiya sohasiga tegishli ichki idoraviy hujjatlar bo‘yicha savol-javoblar;
psixologiya sohasi bo‘yicha savol-javoblar.
Hududiy saralash bosqichida g‘olib bo‘lgan xodimlarga Respublika bosqichida ishtirok etishga yo‘llanma beriladi.
Respublika bosqichida g‘olib va sovrindorlar Ichki ishlar vazirligining diplom va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovning respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari quyidagi imtiyozlarga ega bo‘ladilar:
amaldagi intizomiy jazo chorasini muddatidan oldin rag‘batlantirish tariqasida bekor qilish;
muddatidan oldin navbatdagi maxsus unvonga tavsiya etish;
psixologiya sohasida malakasini oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish.
G‘oliblarni taqdirlash marosimi «22 noyabr – Xalqaro psixologlar kuni» munosabati bilan o‘tkaziladi.