Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida joriy yilning o‘tgan olti oy yakuniga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov, vazirlik huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti boshlig‘i polkovnik Ulug‘bek Tashxodjayev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari, bo‘linma boshliqlari shuningdek, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi videoselektor orqali qatnashdi.
Yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati
ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor
Rajapovning joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida viloyatda jinoyatchilikni
jilovlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash,
yo‘l-harakati xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan hisoboti tinglandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vaziri o‘rinbosari so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining joriy yil 3
yanvar kunidagi PQ - 1 - son qarori talablarini ijro etish va amaliyotga keng
joriy etish bugungi kun talabi ekanligini ta’kidladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari
tomonidan korrupsiya va tamagirlikka
yo‘l qo‘ymaslik, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish borasida
rahbariyatning qat’iy talab va topshiriqlarini xodimlarga yetkazdi.
Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda
viloyatda jamoat tartibini saqlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, mol-mulk
daxlsizligi, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida shahar-tuman ichki
ishlar bo‘limlari boshliqlarining hisobotlari eshitildi.
Tahliliy yig‘ilishda ichki ishlar
organlari xodimlarining faoliyatda erishgan yutuqlari bilan birga yo‘l
qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, jinoyatchilikning ayrim turlari oshgan
shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari
rahbarlariga bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar
xususida ko‘rsatma hamda topshiriqlar berildi. Xizmat davomida kamchiliklarga
yo‘l qo‘ygan sohaviy xizmatlarning ayrim xodimlari faoliyati muhokama etilib,
tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Yakunda viloyat ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov viloyatda jamoat tartibini
saqlash, jinoyatchiAlikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan
jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash
borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tanqidiy tahlil etib, jinoyatlarni fosh etishda tezkor
va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar
hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada
kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.
Prezidentimizning “2025 yilda
respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning
barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorini amaliyotga keng joriy etish maqsadida
viloyatda jinoyatlar va
huquqbuzarliklarni barvaqt profilaktikasi borasidagi ishlarni kompleks tashkil
etish hamda Dastur va hududiy “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, amaliyotga
joriy etilgani qayd etildi.
Viloyatning qizil toifaga
kiruvchi mahallalarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va
jinoyatlarni oldini olish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun bir guruh
mas’ul xodimlar ogohlantirilib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish
borasida tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati
oshirildi.
Kengaytirilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.