13 Iyul 2024 yil 542

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida "Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir qilingan qonun buzilishi va salbiy holatlar" mavzusiga bag‘ishlangan tanqidiy ruhda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

So‘nggi bir necha yilda jamiyatning barcha sohalari qatori ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida ham muhim islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Tizimda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar natijasi xalq manfaatlariga xizmat qiladigan, ularning haq-huquqlari yo‘lida dastur-ul amal bo‘la oladigan tuzilmaga aylanmoqda, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta bu yo‘nalishda Ichki ishlar organlari xodimlarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi.

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi, viloyat IIB Ekspert-kriminalistika bo‘limi, viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida “Respublikada ichki ishlar xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi va salbiy holatlar” shaxsiy tarkib e’tiboriga yetkazilib, kelgusida qonuniylikni ta’minlash, ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’sul xodimi podpolkovnik G‘.K.Nabiyev, viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.I.Ximmatov, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ul xodimi ishtirok etib yig‘ilish ishtirokchilariga mavzu doirasida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida ma’sullar tomonidan xodimlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech