28 Mart 2025 yil 436

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi profilaktika inspektorlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv kurslari boshlandi.

O‘quv yig‘inida ichki ishlar vazirligi Akademiyasi va Malaka oshirish instituti o‘qituvchilari profilaktika inspektorlarida xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun kasbiy bilimlarini kuchaytirish, yangilash, chuqurlashtirish hamda ko‘nikma va mahoratlarini oshirish, shuningdek, ularning faoliyatida mavjud bo‘lgan muammo va kamchiliklarini bartaraf etishga oid mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Text to speech