24 Avgust 2024 yil 230

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i, Koson tumanida muqobil energiya manbalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov rahbarligida, Koson tuman sektor rahbarlari, hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, tadbirkorlar va mahalla "yettiligi" ishtirokida muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish, jumladan, quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan yig‘ilishda ishtirok etdi.

Yig‘ilishda, quyosh panellarini o‘rnatish orqali elektr energiyasi va bunga sarflanayotgan mablag‘larni tejash hamda ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbai bilan to‘liq ta’minlash haqida so‘z bordi.

Shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatish uchun berilayotgan imtiyozlar hamda ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi xususida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.

Text to speech