Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov muqobil energiya manbalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov
rahbarligida, Yakkaboog‘ tuman sektor rahbarlari, hokimining o‘rinbosarlari,
tashkilot rahbarlari, tadbirkorlar va mahalla "yettiligi" ishtirokida
muqobil energiya manbalaridan keng foydalanish, jumladan, quyosh panellarini
o‘rnatishga qaratilgan yig‘ilishda ishtirok etdi.
Yig‘ilishda, quyosh panellarini o‘rnatish orqali elektr energiyasi va
bunga sarflanayotgan mablag‘larni tejash hamda ijtimoiy-iqtisodiy soha
obyektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbai bilan to‘liq ta’minlash haqida
so‘z bordi.
Shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatish uchun berilayotgan imtiyozlar
hamda ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib yagona elektr energetika
tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt-soatiga Davlat
budjetidan subsidiya ajratilishi xususida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar
berildi.