Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvohid Ismoilov muqobil energiya manbalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Qashqadaryo viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik
Abduvohid Ismoilov rahbarligida, tuman sektor rahbarlari, tuman hokimining
o‘rinbosarlari, tuman tashkilot rahbarlari, tadbirkorlar va mahalla
"yettiligi" ishtirokida muqobil energiya manbalaridan keng
foydalanish, jumladan, quyosh panellarini o‘rnatishga qaratilgan yig‘ilishda
ishtirok etdi.
Seminarda, quyosh panellarini o‘rnatish orqali
elektr energiyasi va bunga sarflanayotgan mablag‘larni tejash hamda
ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarini qayta tiklanuvchi energiya manbai bilan
to‘liq ta’minlash haqida so‘z bordi.
Shuningdek, quyosh panellarini o‘rnatish uchun
berilayotgan imtiyozlar hamda ishlab chiqarilgan va o‘z iste’molidan orttirib
yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir
kilovatt-soatiga Davlat budjetidan subsidiya ajratilishi xususida
ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berildi.