20 Aprel 2024 yil
373
Yashash joyidan uzoq muddatga ketgan hamda qaytib kelgan xotin qizlar bilan bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uzoq muddatga xorijga chiqib ketgan va qaytib kelgan shaxslarning hisobini yuritish sohasidagi idoralararo hamkorlikni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2023 yil 27 fevral kunidagi 83-sonli Qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Uzoq muddatda xorijiy davlatda bo‘lgan xotin qizlar bilan profilaktik ishlar olib bopilmoqda.
Mehnat migranti sifatida xorijda yurgan shaxslarning barchasi manzilli o‘rganilib, ota-onalari va boshqa yaqinlari bilan shuningdek, migrantlarning o‘zlari bilan onlayn gaplashib profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, chet eldagi yashash va ish joylariga aniqlik kiritilib, lokatsion manzillari olinib, zaruriy tavsiya va takliflar berildi.