23 Avgust 2024 yil
234
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida boshqarma tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlari xodimlari bilan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Davlatimiz mustaqilligining 33 yilligi bayramini munosib kutib olish va o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan saf ko‘rigida shaxsiy tarkibning bayramlar kunlarida kunlik xizmat davomida xizmat kiyimini kiyib yurish qoidalariga rioya etishlari, aholi bilan xushmuomalada bo‘lishi to‘g‘risida yo‘riqnoma o‘tildi.
So‘ngra, shaxsiy tarkibning shaxsiy buyumlari, gigiyena vositalari, safda turish, harbiycha salomlashish va harakatlanish ko‘nikmalarini boyitish uchun amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Saf ko‘rigi vohanng shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.