5 Oktyabr 2024 yil 576

5 oktabr – Tezkor-qidiruv xizmati xodimlari va faxriylari kuni munosabati bilan bir guruh faxriylar qutlandi

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajabov ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali xizmat qilib, bugungi kunda nafaqada bo‘lsa-da, yoshlarga o‘z o‘git va maslahatlarini berib kelayotgan hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan, bir guruh faxriylar xonadoniga tashrif buyurib,  ularni bayram bilan qutladi.

Ichki ishlar organlari faxriylari va yoshlar xizmat va hayot yo‘llari, tajribalari dildan suhbatlashishdi.

Bunday e’zoz va ehtirom uchun faxriylar boshqarma rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirib, vatan xizmatiga doimo shayligini  bildirishdi.

Text to speech