23 Sentyabr 2020 yil 810

4000 АҚШ ДОЛЛАРИГА МАРИХУАНА

Giyohvandlik insonni ongu tafakkuri va oʼzligidan mosuvo qiluvchi eng jirkanch illat. Shu bois bu illat dinimizda ham qonunlarda ham qoralangan.

2020 yil 14-sentyabrь kuni soat 15:30 larda Shahrisabz tuman IIB JQB va Kitob tuman IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan “nazoratli xarid” tezkor tadbirda yana bir iki nafar ogʼufurushning faoliyatiga chek qoʼyildi. Jumladan, Kitob tumanida yashovchilar O.Gʼ. va  А.А.lar 4000 АQSh dollari evaziga sof ogʼirligi 1036 gramm “Marixuana” giyohvandlik vositasini “xaridor”ga Kitob tumani “Denov” MFY hududida sotayotgan vaqtida qoʼlga olindi. Endi bu shovvozlar marixuana giyohvand moddasini qaerdan olganini aytib berishi tayin.

Аyni kezlarda mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech